"PSJ" Gavini sotib olishga urinib ko'radi
Klub yana APLning ikkita yulduziga ko'z tikkan.

"PSJ" rahbariyati yozda birinchi bo'lib sotib olish niyatida bo'lgan markaziy chiziq o'yinchilarining qisqa ro'yxatini tuzdi. Fransuz gigantining asosiy transfer maqsadlari "Barselona" yarim himoyachisi Gavi , "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva va "Nyukasl" futbolchisi Bruno Gimaraysh bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Gavi ayni damda jarohatidan tuzalmoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Gavining narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.







