"Real" Guler ijaraga berishi mumkin
Klub unga o'yin amalyotini yaratib bermoqchi.

"Real"ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Arda Guler yozgi transfer oynasida klubini vaqtincha o'zgartirishi mumkin.
Manba bergan xabarga ko'ra, Madrid klubidagi yetti oydan so'ng yosh yarim himoyachining o'yinlar sur'atini saqlab qolish uchun jismoniy tayyorgarligi yetarli emasligi ma'lum bo'ldi. Shu munosabat bilan Arda yozda boshqa klubga o'tib, o'yin tajribasiga ega bo'lish varianti ko'rib chiqilmoqda. Qayd etilishicha, Guler qolsa, keyingi mavsumda uning o'yin vaqti ham qisqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Guler barcha turnirlarda to‘rtta o‘yinda qatnashib, samarasiz o‘ynadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.







