Alonso "Liverpul"ni boshqarishni afzal ko'rmoqda
Katta ehtimol bilan u nemis klubni tark etadi.

Xabi Alonso "Bayer"ni tark etsa, "Liverpul"da ishlashni afzal ko‘radi. Avvalroq 42 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinlashga "Liverpul" va "Bavariya" qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi.
"Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, agar ispaniyalik murabbiy "Bayer"ni tark etsa, u uchun asosiy tanlov ingliz klubidir. Undan keyingi o‘rinda "Real" va uchinchi bo‘lib "Bavariya" turadi. Xabi avval bu klublarning barchasida o‘ynagan.
Shuningdek, u yana bir mavsum Leverkuzenda qolishi mumkin.
"U kelasi mavsumda Bayer bilan Chempionlar Ligasida o‘ynamoqchi. Alonso klubdan minnatdor va muxlislar uni yaxshi ko‘rishadi", — deydi jurnalist Marlon Irlbaxer.







