“Liverpul” Xabi Alonso vakillari bilan muzokara o'tkazdi
Klub bosh murabbiy izlamoqda.

"Liverpul" "Bayer" ustozi Xabi Alonsoni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, ingliz klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassis vakillari bilan ehtimoliy hamkorlik haqida allaqachon bog‘langan.
Oldinroq "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etishini ma'lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2022-yildan beri “Bayer”ni boshqarib kelmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida o‘tkazilgan 22-turdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Bayer” 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.







