0

O'tgan oy 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

Statistika agentligi ma’lumotlarni e'lon qildi.

O'tgan oy 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

 

2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda statistika agentligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga ko‘p.

 

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,2 %), Pokiston (21,2 %), Xitoy (13,4 %) hamda Qozog‘iston (9,2 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Shuningdek, 2024-yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8 foizini tashkil etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"