Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?
Maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida to‘ldirish xavfsizlik talablariga zid.

Hudud gaz ta'minot AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish, maishiy gaz ballonlarini to'ldirish imkoniyatlari hamda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida ballonlarni to'ldirish uchun javobgarlik belgilangani yuzasidan bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko'ra, joriy yilning 2-noyabr kuni qabul qilingan O'RQ-1186-son Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish kiritildi va transport vositalariga gaz quyish shoxobchalaridan gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Ushbu norma 2027-yilning 5-fevralidan amaliy kuchga kiradi.
Norma ehtiyot choralarini ko'rish va xavfsizlik talablariga rioya qilish maqsadida qabul qilingan bo'lib, bu O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-son qarorida va Yong'in xavfsizligi qoidalarining 674-bandida ham qayd etilgan.
Ushbu norma munosabati bilan, endilikda aholi maishiy gaz ballonlarini respublika bo'yicha keng yo'lga qo'yilgan "LPG-Trade" MChJ tasarrufida bo'lmagan, tegishli talablarga javob beradigan va belgilangan tartibdagi ruxsatga ega maxsus gaz to'ldirish stansiyalari (GTS) hamda shoxobchalari (GTSh)da amalga oshirishi mumkin. Ularning soni respublikamiz bo'ylab jami 360 taga yetgan bo'lib, mustaqil yuridik shaxslar tomonidan faoliyat yuritadi.








