Sport

Premyer-liga tarixidagi eng aql bovar qilmaydigan "kambek"

Bugun APLning navbatdagi turida "Nyukasl" — "Arsenal" bahsi bo'lib o'tadi.

Premyer-liga tarixidagi eng aql bovar qilmaydigan "kambek"

 

Bugun “Arsenal” va “Nyukasl” APLning 26-turi markaziy uchrashuvida maydonga tushadi. Londonliklar oltin uchun, "Nyukasl" esa yevrokubok yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Oxirgi 10 yil ichida jamoalar faqat bir marta o'zaro durang o'ynashgan. 2011-yilda o'tkazilgan bahs “Arsenal” va “Nyukasl” o‘rtasidagi haqiqiy dramatik o‘yin bo'lib tarixga kirgan.

 

2010/2011-yilgi mavsumda "Arsenal" chempionlik poygasiga chiqdi. "Manchester Yunayted" asosiy favorit hisoblanardi, ammo londonliklar 26-tur oldidan Ser Aleks Fergyuson jamoasidan bor-yo'g'i ikki ochkoga ortda qolishayotgandi. "Nyukasl" sakkizinchi edi va hech narsaga da'vo qilmasdi. "Arsenal" safarda favorit sifatida maydonga tushdi. Garchi Londondagi ilk uchrashuvda “Nyukasl” minimal hisobda g'alaba qozongandi. Ammo, ikkinchi o‘yingacha “kanonirlar”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi jami sakkiz o‘yinni (6 g‘alaba va ikki durang) tashkil etdi va “Nyukasl” uchta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.

 

“Arsenal” o'yin boshidan hujumga o‘tib, birinchi daqiqadayoq gol urdi. Bahs davomida londonliklar juda katta ustunlikka ega bo'ldi. "Nyukasl" ham vaqti-vaqti bilan yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo tajribali raqiblarga yetarlicha qarshilik ko'rsata olmadi. Natijada jamoa ketma-ket gollar o'tkazib yubordi.

 

Ikkinchi bo'lim boshida, muxlislar "Nyukasl"ning ajoyib qaytishiga guvoh bo'lishdi. Shundan so'ng o'yinda keskinlik yanada oshdi. "Arsenal" ham raqiblariga qarshi yanada jiddiyroq bosim o'tkazishni boshladi. "Nyukasl" o'yinni o'z foydasiga hal etish borasida bor imkoniyatini sarflashga kirishdi, hamda ketma-ket raqiblar darvozasiga to'p kiritishni boshlaydi. Bu esa muxlislarga haqiqiy futbol shousini taqdim etadi. Uchrashuv natijasi esa 4:4 hisobida yakunlanadi. "Nyukasl"ning mazkur "kambegini" o'sha vaqtga qadar Premyer-liga tarixida hech qaysi jamoa takrorlay olmagan.

 

“Nyukasl” bosh murabbiyi Alan Pardyu esa o'shanda uchrashuvdan keyin hazil aralash shunday degan edi:

 

“To‘g‘risini aytsam, biz beshta gol urib, g‘alaba qozondik deb o‘yladim. Biroz omadsizlik. Muxlislarimiz bu uchrashuvni uzoq vaqt eslab qolishadi”.

 

Qizig'i shundaki, mazkur bahsdan so'ng "Arsenal" birinchi o'ringa chiqish imkoniyatini qo'ldan boy beradi. Shu tariqa biroz omadsizliklarga uchragan jamoa chempion “Manchester Yunayted”dan 12 ochko ortda qolib, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketadi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"