Etanni ham "Real"ga taklif etishdi
Mbappening oilasi Kilianning ukasini ham Madridda ko'rishdan manfaatdor.

"RMC Sport" xabariga ko‘ra, Mbappe va uning oilasi "Real"dan 17 yoshli Etan Mbappe bilan ham shartnoma imzolashni so‘ragan. Madrid klubi Kilian bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashi bois, uning ukasi ham klubga o‘tishiga rozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Etan Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida bor yo‘g‘i bir daqiqa to‘p surgan. U 17-tur "Mets"ga qarshi bahsda (3:1) 90-daqiqada maydonga tushgandi.
Shuningdek, u UEFA Yoshlar Ligasida 6 ta o‘yin o‘tkazgan va "PSJ"ning kubok o‘yinlarida ikki marta zaxiradan maydonga tushgan.







