Mbappening onasi Madridga keldi
U o'g'liga uy-joy tanlamoqda.

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening onasi va agenti Faiza Lamari o'g'lini Madridga ko'chirish ustida ishlamoqda. Oldinroq Madridning “Real” klubi 25 yoshli hujumchi bilan joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida shartnoma imzolash borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
Manbaga ko'ra, Lamari so'nggi bir necha kunni Ispaniya poytaxtida o'tkazgan va Mbappe uchun uy-joy tanlash bilan shug'ullangan. Qayd etilishicha, forvardning onasi “Real” vakillari bilan ham bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan.







