O'zbekiston

Davlat raqam belgisini yashirishga harakat qilgan haydovchi ushlandi

Hozirda avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Davlat raqam belgisini yashirishga harakat qilgan haydovchi ushlandi

Namanganda 1 mart kuni xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Mercedes-Benz rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi transport vositasining Tojikiston davlat raqam belgisini to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beruvchi qoplama surtib olgani ma’lum bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Namanganda 1 mart kuni xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Mercedes-Benz rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi transport vositasining Tojikiston davlat raqam belgisini to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beruvchi qoplama surtib olgani ma’lum bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, davlat raqami belgilarini ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan to‘silgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, transport vositasiga davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarish, Erkinjon Turdimov Bosh vazir birinchi o‘rinbosari hamda ta’lim va fan vaziri bo‘ldi, ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.