O‘zbek klublari OCHLda qancha pul ishlab oldi?
Musobaqada to'rtda jamoa qatnashgan.

2023/24-yilgi mavsumda O‘zbekistondan "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor" va OKMK jamoalari OCHLda ishtirok etdi.
"Paxtakor" va OKMK musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladi. "Nasaf" va "Navbahor" esa nimchorak finalda mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi.
Turnir davomida "Lochinlar" guruhdagi 4 g‘alaba va pley-offdagi ishtirok uchun 600 ming, "ajdarlar" 520 ming, "sherlar" 290 ming, olmaliqliklar esa 220 ming AQSH dollari ishlab olgan.







