"Arsenal" Angliya futbolida o'ziga xos rekord o'rnatdi
Jamoa ketma-ket o'yinlarda g'alabalarni qo'lga kiritmoqda.

Londonning “Arsenal” klubi Angliya chempionatining 27-turi doirasida safarda “Sheffild Yunayted”ni mag‘lub etdi. “Brammel Leyn” stadionida kechgan uchrashuv 6:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, “Arsenal” Angliya futboli tarixida safarda ketma-ket uch uchrashuvda 5+ to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan birinchi jamoa bo‘lib, rekord o‘rnatdi. Bungacha Mikel Arteta shogirdlari safarda “Vest Xem Yunayted” (6:0) va “Byornli”ni (5:0) mag'lub etgandi.
Shuningdek, so‘nggi to‘rtta o‘yinda “Arsenal” umumiy hisobda 21:1 hisobida g‘alaba qozondi. 27-turdan so'ng "Arsenal" 61 ochko bilan APLda 3-o'rinni egallab turibdi. Chempionatda “Liverpul” yetakchilik qilmoqda (62 ochko).
London klubi navbatdagi o'yinni o'z maydonida "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.







