"Bayer" Alonso uchun 21 million funt tovon puli so'ramoqchi
Murabbiy APL jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Leverkuzenning "Bayer" klubi agar bosh murabbiy Xabi Alonso uning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan "Liverpul"ni boshqarish uchun klubni tark etish istagini bildirsa, mersisaydliklar uning uchun 21 million funt sterling miqdorida tovon to'lashini kutmoqda.
Manbaga ko'ra, "Liverpul" rahbariyati Alonsoni joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan amaldagi bosh murabbiy Yurgen Kloppning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda ingliz klubi allaqachon Alonso bilan bog'lanib, unga uch yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.







