"Bavariya" Devisga o'rinbosar topdi
U Rotterdam klubi a'zosi.

"Bavariya" "Feyenoord"ning chap qanot himoyachisi Quilindsha Xartmanni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Manbaga ko'ra, Myunxen klubi asosiy chap qanot himoyachisi Alfonso Devisga o'rinbosar izlamoqda. "Bavariya" vakillari yaqin vaqt ichida 22 yoshli futbolchi bo'yicha aniq taklif bilan Rotterdam rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkin. Qayd etilishicha, yosh himoyachiga Oliy liga va A Seriyaning ayrim klublari ham davogarlik qilmoqda.
Xartman 2010-yildan beri "Feyenoord" klubida o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.







