Sport

Bellinghem jazolanmaydigan bo‘ldi

U hamyurti Grinvudni haqorat qilgandi.

Bellinghem jazolanmaydigan bo‘ldi

 

Jud Bellinghemning Meyson Grinvudni haqorat qilgani bo‘yicha ish to‘xtatildi. La Liga Jud Bellinghemning "Xetafe" bilan bahsda (2:0) hamyurti Meyson Grinvudni "rapist" (zo‘ravon) deya haqorat qilgani taxmin qilingan (97% tasdiqlangandi) vaziyat yuzasidan olib borilayotgan tergovni to‘xtatdi.

 

Manbaga ko‘ra, mutaxassislar Judni bahsli epizodda Meysonga aynan nima deganini aniqlay olishmagan. Ayrim mutaxassislarning versiyasiga ko‘ra, Jud Grinvud bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng uni "axlat" degan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bellinghem jazolanmaydigan bo‘ldi