Holand Agueroni ortda qoldirdi
Kecha Chempionlar ligasining navbatdagi bahsi bo'lib o'tdi.

Kecha “Manchester Siti” YeChL 1/8 finali javob uchrashuvida “Kopengagen”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 3:1 (umumiy 6:2) hisobi bilan yakunlandi.
“Shaharliklar” hujumchisi Erling Holand gol urib, “Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguerodan o‘zib ketdi. Shu tariqa, 23 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi to‘purarlari ro‘yxatida 19-o‘rinni egalladi.
Joriy mavsumda Holand 32 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Norvegiyalik futbolchi 2022-yilning iyulida Dortmundning "Borussiya" klubidan "Siti"ga o'tgandi.







