"PSJ" Yamal uchun 200 million yevro to'lashga tayyor
Klub uni Mbappega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"PSJ" "Barselona"ga 16 yoshli vinger Lamin Yamal uchun 200 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, fransuz grandi Yamalda hujumchi Kilian Mbappening o'rnini bosadigan sifatlarni ko'rmoqda. Kilian yozda "PSJ"ni tark etib, "Real"ga o'tish ehtimoli katta. Yamal manfaatlarini himoya qiluvchi taniqli futbol agenti Jorje Mendes shu haftada "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashib, ushbu transfer imkoniyatlarini muhokama qildi.
Qayd etilishicha, “Barselona” Yamalning sotilishiga qarshi, chunki rahbariyat klub kelajagini unda ko‘radi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Yamal barcha turnirlarda 37 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.







