"PSJ"ning keyingi rejalari qanday?
Klub prezidenti bu haqda gapirdi.

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoaning rivojlanish strategiyasi haqida gapirdi.
“Biz kelgusi olti-sakkiz yil davomida birga o'ynay oladigan jamoa qurmoqchimiz. Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqanlar orasida eng yosh jamoamiz bor. Bizda Yevropaning top-10 klubi orasida eng yosh jamoamiz. Bu bizni g'ururlantiradi", - dedi Al-Xelayfi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” Fransiya chempionati turnir jadvalining birinchi pog‘onasida bormoqda.







