O'zbekiston

Tanzila Norboyeva Shveysariya Konfederatsiyasi prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Tanzila Norboyeva Shveysariya Konfederatsiyasi prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Nyu-York shahrida Shveysariya Konfederatsiyasi prezidenti Viola Amerd bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya hamkorligini izchil kengaytirish, shu jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. 


Ayni paytda Shveysariya bilan avtomobilsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, infratuzilma sohalarida 19 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Uchrashuv davomida mazkur ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish uchun ikkala davlatda ham katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlangan.


O‘zaro munosabatlarda parlamentlararo aloqalarning muhimligidan kelib chiqib, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar darajasida aloqalarni faollashtirish, ikki davlat parlamentlarida do‘stlik guruhlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashilgan.


Shuningdek, uchrashuv davomida qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ham ilgari surilgan. Xususan, gender tenglik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish muhimligi qayd etilgan.


Orol dengizi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilash yuzasidan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari ham tomonlarning diqqat markazida bo‘lgan.


custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"