Ikki nafar taekvondochimiz O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Ayni vaqtda Xitoyda Parij-2024 yozgi Olimpiadasi uchun Osiyo litsenzion turniri o'tkazilmoqda.

Joriy yilning 15-16 mart kunlari Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo litsenzion turniri o‘tkaziladi.
Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-67 kg: Ozoda Sobirjonova.
Murabbiylar shtabi:
Pavel Xan
Vladimir Xan
Jasur Boyqo‘ziyev.
Ma’lumot uchun, terma jamoamiz a’zolari Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda Svetlana Osipova (+67 kg) muddatidan oldin reyting ochkolari orqali Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmaga ega chiqqan edi.







