Bo‘stonliqdagi “dachalar”da 240 mlnlik elektr o‘g‘irlandi
Ular tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib olishgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 241,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dala hovlilar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, “T.S.” va “Ch.T.” oilaviy korxonasi rahbarlari “Do‘stlik” hamda “Chimgan” MFY hududidagi tijorat maqsadida foydalanib kelgan dala hovlilarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 241,7 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







