Jahon

Rossiyada bugundan prezidentlik saylovlari boshlandi

Mamlakatda ovoz berish uch kun davom etadi.

Rossiyada bugundan prezidentlik saylovlari boshlandi

Rossiyada 15 mart, juma kuni Kamchatka va Chukotkada ilk saylov uchastkalari ochildi. Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, asosiy ovoz berish 17 mart — yakshanba kuni o‘tkaziladi.

 

Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida ovoz berish uchun 94 mingdan ortiq saylov uchastkalari tashkil etildi, 113,5 millionga yaqin saylov byulletenlari tayyorlandi. 25 fevraldan borish qiyin bo‘lgan joylarda muddatidan oldin ovoz berish, 1 martdan esa xorijda ovoz berish mumkin edi. Bundan tashqari, Qrim va Ukraina sharqidagi egallab olingan hududlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Kiyev vaqtincha egallab olingan hududlarda yashovchi yoki Rossiya Federatsiyasi hududida qolishga majbur bo‘lgan ukrainaliklarni «soxta saylovlarda» qatnashmaslikka chaqirdi.

 

Saylovda to‘rt nafar nomzod ishtirok etmoqda

 

Amaldagi prezident Vladimir Putindan tashqari, LDPRdan Leonid Sluskiy, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov va "Noviye lyudi" partiyasidan Vladislav Davankov o‘z nomzodlarini ilgari surdi. 

 

Rossiya Federatsiyasini 24 yil boshqarib kelayotgan 71 yoshli putin yana olti yilga oliy davlat lavozimiga qayta saylanish niyatida. 

 

Moskva prokuraturasi 17 mart kuni tushdan keyingi mitinglarda ishtirok etmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Asosiy saylov kuni tushdan keyin saylov uchastkalarida "muvofiqlashtirilmagan harakatlar"da ishtirok etish jinoiy qonunbuzarlik sifatida baholanadi, deyiladi departamentda. 

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"