Sport

Terma jamoa to'liq tarkibda Parijga boradi

Ayni kunlarda Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo litsenzion turniri o‘tkazilmoqda.

Terma jamoa to'liq tarkibda Parijga boradi

 

Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a’zosi — Jasurbek Jaysunov (-80 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) ishtirok etdi.

 

Quvonarlisi, har ikki sportchi o‘z janglarida g‘alaba qozonib, to‘rt yillikning eng muhim kompleks musobaqasi uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi. Qayd etilishicha, Xitoydagi musobaqadan so‘ng milliy terma jamoadagi yo‘llanmalar soni to‘liq bo‘ldi - 4 ta. Bu natija Tokio-2020 Olimipiya o‘yinlarida ham sodir bo‘lgandi.

 

Ma'lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari dasturiga ko'ra, taekvondo WT sport turida ayollar va erkaklar 4 tadan vazn toifasida ishtirok etadi. Har bir mamlakat federatsiyasi o‘z ixtiyoriga ko‘ra ayollar va erkaklar orasidan 2 tadan vazn toifasida yo‘llanmalar uchun qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Avvalroq terma jamoaning ikki nafar a’zosi — Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda Svetlana Osipova (+67 kg) reyting ochkolari orqali Parij-2024 chiptasiga ega chiqqan edi. Shu tariqa, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida terma jamoa to'liq tarkibda ishtirok etadigan bo'ldi:

-68 kg: Ulug'bek Rashitov

-80 kg: Jasurbek Jaysunov

-67 kg: Ozoda Sobirjonova

+67 kg: Svetlana Osipova.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.