Levandovski nega "Real"ga o'tishdan bosh tortgan?
U 2018-yil jamoaga qo'shilishga yaqin edi.

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski 2018-yilda "Real"ga o'tishga yaqin edi, biroq transfer oynasi yopilishiga ikki soat qolganda u klub taklifini rad etgan.
Manba bergan xabarga ko'ra, polshalik futbolchi qishki transfer oynasi ochilishida "Real" uni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lganida jamoaga qo'shilishni xohlamagan. Levandovski jamoaga to'g'ri moslashishga ulgurmasligidan xavotirda edi. Xususan, hujumchi Madriddagi uyida yuqori texnologiyali sport zalini jihozlay olmasligini bilgan, bu esa jamoa bilan mashg'ulotlardan tashqarida ham formasini saqlab qolishi uchun juda muhim bo'lgan.







