Neymar og'ir jarohatidan qachon tiklanishi ma'lum bo'ldi
Bu haqda Braziliya terma jamoasi shifokori ma'lumot berdi.

Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar Braziliya terma jamoasi va Saudiya Arabistoni "Al-Hilol" hujumchisi Neymar 2024-yilning iyul-avgust oylarida jarohatidan tuzalib ketishini aytdi.
“Biz uning reabilitatsiyasining yarmini ham tugatmadik. To'qqiz yoki o'n oylik fizioterapiya muolajalarini tugatganimizdan keyingina uning maydonga qaytishini to'liq tasdiqlash mumkin bo'ladi", - dedi Lasmar.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi o‘tgan yilning 18-oktabr kuni JCh-2026 saralash o‘yinida Braziliya terma jamoasi Urugvay terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgan o‘yinda jarohat olgan edi.
Joriy mavsumda Neymar barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.







