Jahon

Rossiyadagi saylovning birinchi kunida ovoz berish kabinasi yoqib yuborildi

Markaziy saylov komissiyasi aybdorlarga qamoq jazosi bilan tahdid qilmoqda.

Rossiyadagi saylovning birinchi kunida ovoz berish kabinasi yoqib yuborildi

 

Moskvada saylov qutilari shikastlangani haqida kamida ikkita holat maʼlum: birinchisida saylov uchastkasida qiz unga bo‘yoq quygan, boshqasida ovoz berish kabinasi yonuvchan suyuqlik sepib yoqib yuborilgan. Ikkala aybdorga nisbatan ham "saylov huquqlarini amalga oshirish yoki saylov komissiyalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi va Sankt-Peterburgdagi saylov uchastkalariga o‘t qo‘yishga urinishlar bo‘lgan. Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko‘ra, Volgograd viloyatida, Karachay-Cherkesiyada, Voronej viloyatida Rostov-na-Donda va Simferopolda ham saylov qutilariga yashil bo‘yoq to‘kib yuborilishi holatlari qayd etilgan.

 

"Saylov uchastkalari va qutilariga zarar yetkazilgan ko‘plab hodisalar bunga xorijiy kuchlarning aloqasi borligidan dalolat beradi. Bu oddiy bezorilik emas, balki terrorizm unsurlariga ega harakatdir", — deya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova yuqoridagi holatlarga munosabat bildirdi.

 

Pamfilova ushbu harakatlar tashkilotchilari va ishtirokchilari besh yilgacha qamoq jazosiga hukum etilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

custom img

“Nega Nyu-Jersini bermaysiz?”: Suriya prezidenti Trampga Nyu-Jersini Isroilga berishni taklif qildi

Ash-Shara Golan tepaliklari masalasida Tramp bilan qilgan hazilini Nyu-Yorkdagi Atlantika Kengashi tadbirida so‘zlab berdi.

custom img

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"