Tayson Fyuri Aleks Fergyuson bilan uchrashdi
U murabbiy bilan qanday tanishgani haqida gapirdi.

Britaniyalik bokschi, WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Tayson Fyuri o'zining ijtimoiy tarmoqlarida yangi post joylashtirdi va u yerda obunachilar bilan yangi suratini ulashdi. Fyuri "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson bilan qanday tanishganini aytib berdi.
Tayson suratga “Afsonaviy ser Aleks” deb yozdi.
Eslatib o'tamiz, Fergyuson 1986-yildan 2013-yilgacha "Manchester Yunayted"ni boshqargan. Bu vaqt ichida mankunianliklar 13 marta Angliya chempioni bo'lishgan. 5 marta Angliya kubogida, 4 marta Liga kubogida va 10 marta Angliya Superkubogida zafar quchgan.







