Kurtua operatsiyadan muvaffaqiyatli o'tdi
Bu haqda Madrid klubi sayti xabar berdi.

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua operatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar berdi.
"O'yinchimiz Tibo Kurtua bugun "Real Madrid" tibbiy xizmati nazorati ostida o'ng tizzasidagi ichki menisk yirtilganidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Kurtua yaqin kunlarda tiklanish jarayonini boshlaydi”, - deyiladi xabarda.







