"Bavariya" Alonsoga qiziqish bildirmoqda
Buni klub faxriy prezidenti tasdiqladi.

"Bavariya" faxriy prezidenti Uli Xyones Myunxen klubining "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonsoga qiziqishini tasdiqladi.
"Bu vaqt ichida u katta klub murabbiyi bo'la olishini isbotladi. Uning uchun qaysi jamoani tanlash qiyin bo'ladi, chunki buning ustida "Liverpul", "Real", "Bayer" va "Bavariya" kabi klublar ishlamoqda", - dedi Xyones.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2022-yildan beri “Bayer”ni boshqarib kelmoqda. Germaniya chempionatining joriy mavsumida 26 turdan keyin ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Bayer” 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Bavariya" ikkinchi o'rinda. Myunxen klubi hisobida 60 ochko bor.







