“Chelsi” iste’dodli himoyachini sotib olmoqchi
U Tyago Silvaning o'rnini bosishi aytilmoqda.

“Chelsi” xo‘jayinlari yozgi transferlar vaqtida “Lill”ning 18 yoshli himoyachisi Leni Yoroni qo‘lga kiritishni ko‘zlayapti. “Aristokratlar” bu himoyachi 39 yoshli Tyago Silvaning o‘rnini bosishiga ishonmoqda.
Xabarlarda aytilishicha, London klubi xo‘jayini Todd Byoli har bir pozisiyaga 23 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng iste’dodli futbolchilarini olib kelishni reja qilgan. Agar Yoroni qo‘lga kiritishning imkoni bo‘lmasa, zaxira varianti sifatida Usmon Diomande (“Sporting”) va Jan-Kler Todibo (“Nissa”) tanlangan.
Leni Yoro uchun yanvar oyida "PSJ" 50 million yevro taklif qilgandi. Biroq “Lill” rahbariyati bu summani qabul qilmadi.







