Erling Holand zamonaviy futboldagi asosiy muammoni aytdi
Uning fikricha o'yinlarning sifati pasaymoqda.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand zamonaviy futboldagi asosiy muammoni aytdi. Uning fikricha, o'yinlar soni ko'p bo'lgani uchun ularning sifati pasayadi.
“Muammo o'yinlarni o'tkazishda emas, balki ularning sifatida. Sifat pasaymoqda. Mendan 70 ta o‘yinda bir kilometrga yugurishimni kutish mumkin emas. Nima qilishim kerak? Men faqat o'yin taqvimini kuzatishim kerak”, — dedi Holand.
Joriy mavsumda Holand “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2027-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.







