Fransiyalik futbolchi ro‘za tutish taqiqlangani sabab terma jamoani tark etdi
U yoshlar terma jamoasi a'zosi edi.

Mamadu Diavara Ramazon oyida ro‘za tutish taqiqlangani sababli Fransiya U-19 terma jamoasini tark etdi. Oldinroq Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti "Le Figaro" nashriga bergan intervyusida milliy terma jamoa joylashgan joyda Ramazon oyida ro‘za tutishni taqiqlovchi yangi qoidalarni e’lon qilib, ularni tashkilot nizomida belgilangan betaraflik tamoyiliga rioya qilish bilan izohlagan edi. Taqiq U-16 dan boshlab barcha yoshdagi Fransiya terma jamoalariga tegishli.
"ESPN" xabariga ko‘ra, 19 yoshli forvard yangi qoidalar tufayli o‘zini noqulay his qilgani uchun "Lion"ga qaytishga qaror qilgan. Diavara o‘rniga Fransiya U-19 terma jamoasiga "Nant" vakili Demen Assumani chaqirilgan.







