La Ligada kim eng ko‘p maosh oladi?
Bu bo'yicha reyting tuzildi.

David Alaba La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi sanaladi. "L'Equipe" nashri bu borada reyting tuzdi va top-6dan "Real", "Barselona" hamda "Atletiko" futbolchilari o‘rin oldi.
Reyting yuqorisi quyidagicha ko‘rinishda:
1. David Alaba ("Real") – oyiga 1,88 mln yevro;
2. Robert Levandovski ("Barselona") – 1,87 mln yevro;
3-6. Vinisius Junior ("Real") – 1,67 mln yevro;
3-6. Jud Bellinghem ("Real") – 1,67 mln yevro;
3-6. Ilkay Gundo‘g‘an ("Barselona") – 1,67 mln yevro;
3-6. Yan Oblak ("Atletiko") – 1,67 mln yevro.







