Sport

Dunyoning eng yaxshi yosh hujumkor futbolchilari

Ular orasida kimlar bor?

Dunyoning eng yaxshi yosh hujumkor futbolchilari

 

Hozirda bir qancha yosh futbolchilar yuqori saviyada o'ynashmoqda. "Goal" portali 2005-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan dunyodagi eng yaxshi hujumkor futbolchilari ro‘yxatini tuzdi. Bu kuchli beshlikka kimlar kirgan?

 

5-o‘rin – Arda Guler

"Real Madrid" yarim himoyachisi joriy mavsumda bor yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. 19 yoshli futbolchi jarohati sabab chempionatning yarmini o'tkazib yubordi.

 

4-o'rin - Matis Tel

"Bavariya" hujumchisi joriy mavsumda 33 ta o'yinda maydonga tushdi. 18 yoshli futbolchi sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

3-o'rin - Uorren Zair-Emeri

18 yoshli yarim himoyachi "PSJ" safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

2-o'rin - Endrik

"Palmeyras"ning 17 yoshli forvardi joriy mavsumda 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2024-yilning yozida u "Real Madrid"ga o'tadi.

 

1-o'rin - Lamin Yamal

16 yoshli vinger “Barselona” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning hisobida oltita gol va yettita golli uzatma bor.

 

Dunyoning eng yaxshi yosh hujumkor futbolchilari | Zamon.uz