Jiru MLS klubi bilan muzokaralar olib bormoqda
U erkin agentga aylanishi mumkin.

"Milan" hujumchisi Olivye Jiru yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. U nafaqat jamoasini, balki Yevropadan ham ketmoqda.
Insayder David Ornshteyn xabar berishicha, fransiyalik strayker "Los-Anjeles" bilan muzokaralarni boshlagan. Jiru erkin agent sifatida MLS klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Olivye mazkur mavsum ham o‘z darajasini namoyish qilmoqda. U milanliklar safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta golda ishtirok etdi.







