"Muvozanatni buzishni xohlamaymiz"
"Barselona" prezidenti yozda klub qancha futbolchi bilan shartnoma imzolashi haqida gapirdi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi kelayotgan yozda yuqori darajadagi transferlarni amalga oshirishni rejalashtiryaptimi, degan savolga javob berdi.
“Men qurayotgan narsamizni buzib qo‘yadigan o‘yinchilarga sarmoya kiritishning zaruratini ko‘rmayapman, bu muvozanatli jamoa", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 29-turidan so‘ng “Barselona” 64 ochko jamg‘arib, peshqadam “Real”dan 8 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.







