Sport

Anchelotti nima uchun Braziliya termasini boshqarishdan bosh tortdi?

Buni uning o'zi tushuntirib berdi.

Anchelotti nima uchun Braziliya termasini boshqarishdan bosh tortdi?

 

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nima uchun Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortganini tushuntirib berdi.

 

"Madridda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Men bu yerda ekanimdan va “Real Madrid”da ishlayotganimdan xursandman", — dedi Anchelotti.

 

Karlo Anchelotti 2021-yilda “Real Madrid” boshqaruviga kelgan. Italiyalik mutaxassis bungacha ham 2013-yildan 2015-yilgacha “Los Blankos” bilan ishlagan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi g‘olibiga aylangan, shuningdek, ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo’lgan.

Anchelotti nima uchun Braziliya termasini boshqarishdan bosh tortdi? | Zamon.uz