Sport

Yevro-2024da ishtirok etmaydigan eng qimmat futbolchilar

Ular orasida kimlar bor?

Yevro-2024da ishtirok etmaydigan eng qimmat futbolchilar

 

Transfermarkt 2024-yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Xo'sh, bu ro'yxatdan kimlar joy oldi?

Darvozabon - Kurtua

Tibo 30 million yevroga baholangan. Belgiya terma jamoasi darvozaboni tizzasidan olgan jarohati sabab Yevro-2024 musobaqasini o'tkazib yuboradi.

 

Himoyachi - Balde

Aleksning narxi 40 million yevroni tashkil etadi. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi jarohati sabab Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi.

 

Himoyachi - Alaba

Davidning narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Avstriya terma jamoasi himoyachisi ham jarohati tufayli chempionatda ishtirok etmaydi.

 

Himoyachi - Fofana

Ueslik futbolchining narxi 32 million yevroga baholangan. Fransiya terma jamoasi himoyachisi jarohati sababli Yevro-2024ga bormaydi.

 

Himoyachi - Jeyms

Raysning narxi 50 million yevroga baholangan. Angliya terma jamoasi himoyachisi sonidagi jarohati tufayli yevrokuboklarni o‘tkazib yuboradi.

 

Yarim himoyachi - Gavi

Futbolchi 90 million yevroga baholangan. Ispaniyalik yarim himoyachi jarohati sababli Yevro-2024ni o'tkazib yuboradi.

 

Hujumchi - Holand

Erlingning narxi 180 million yevroni tashkil etadi. Norvegiya terma jamoasi hujumchisi ham Yevropa chempionatiga bormaydi, Chunki uning jamoasi turnirga chiqa olmagan.

 

Hujumchi - Isak

Aleksandrning narxi 70 million yevroga baholangan. Shvetsiya terma jamoasi forvardi ham jamoasi musobaqaga chiqolmagani sababli, Yevropa chempionatida ishtirok etolmaydi,

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"