“Barsa” 2025-yilgacha Holandni sotib olmoqchi
Kataloniya klubi prezidenti Holandning agenti bilan yaxshi munosabatda.

“Barselona” klubi prezidenti Xoan Laporta “Manchester Siti”ning 23 yoshli hujumchisi Erling Holandni sotib olishni niyat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” norvegiyalik futbolchini 2025-yilning yozida sotib olishni rejalashtirmoqda. Laporta Holandni sotib olish “Barselona”ning “Real”ning Kilian Mbappe transferiga javobi bo‘lishini xohlayapti.
Ta’kidlanishicha, Kataloniya klubi prezidenti Holandning agenti Rafaela Pimenta bilan yaxshi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Holand barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda qatnashib, 29 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar tuzilgan.







