O'zbekiston

Qo‘qonda bir mashina noqonuniy dorilar to‘xtatib qolindi

Ular Toshkentga sotish maqsadida olib ketilayotgan bo‘lgan.

Qo‘qonda bir mashina noqonuniy dorilar to‘xtatib qolindi

Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs chet elda ishlab chiqarilgan juda ko‘p miqdordagi dori vositalarini sotish maqsadida Toshkentga olib ketayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, qo‘qonlik A.A. tanishi F.M.dan chet elda ishlab chiqarilgan juda ko‘p miqdordagi tibbiy dori vositalarini olib, o‘z xonadonida saqlab kelgan.

 

DXX va Farg‘ona viloyati bojxonasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.J.ning boshqaruvidagi yuk avtomashinasi Dang‘ara tumani Chag‘ali qishlog‘i hududidan o‘tgan “Qo‘qon–Toshkent” avtomobil yo‘li bo‘ylab poytaxt tomon ketayotgan vaqtda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

 

Mazkur yuk avtomashinasida A.A.ga tegishli, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 10 ming dona “Metrogil 100 ml” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Shundan so‘ng tadbir davomida uning uyida saqlanayotgan xorijda ishlab chiqarilayotgan dorilar fosh etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

Daliliy ashyo sifatida olingan 23 turdagi dori vositalari davlat reyestrida ro‘yxatga olinmaganligi, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi hamda saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, dorilarni mamlakat hududida sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlanganligi bo‘yicha xulosa berilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudi tomonidan A.A. 6 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilib, sud zalidan qamoqqa olindi.

custom img

Akademik litseylarga kirish testi natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni 15 tadan 30 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

custom img

Andijondagi bog‘chada bolalarni haqoratlagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari tabrigida O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil yashayotganini qayd etib, professional “Do‘stlik” ansambli tashkil etilishini ma’lum qildi.

custom img

Toshkentda yolg‘iz keksa ayolning uyi o‘zlashtirildimi?

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda tungi reyd payti qarzdorning mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 15 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

Sherobodda brakonyerlar qo‘riqxona xodimlariga o‘q uzdi

Huquqbuzarlar qo‘riqxona xodimlarining to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan va voqea joyidan qochib ketgan.

custom img

MIB yarim yilda 2 trln so‘m aliment pullarini undirdi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga oshgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"