Sport

"Atletiko" Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda

Futbolchini yana bir qator jamoalar o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Atletiko" Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda

 

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski yozgi transfer oynasida Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

 

Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Madridning “Atletiko” klubi va Saudiya Arabistoni klublari Polsha terma jamoasi hujumchisi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi bu yozda "Barselona"ni tark etish niyatida emas.

 

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 39 ta o'yinda qatnashib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Atletiko" Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda | Zamon.uz