O'zbekiston

Senat yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqda.

Senat yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Bugun, 2024-yil 30-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Majlis kun tartibiga “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar kiritilgan.

 

Bundan tashqari, “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimga hamda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomani (Toshkent, 2022-yil 1-iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqiladi.  

 

“Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun muhokama qilinadi.  

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.  

 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuboriladi.  

custom img

Transformator yong‘ini: ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoldi

Yong'inga qisqa tutashuv va transformator moyining sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

custom img

Samarqanddagi portlash: mahalliy aholi norozi

Holat aholi yashash joylariga yaqin tog‘li hududda sodir bo‘lgan.

custom img

“Damas”da xavfli poyga: guvohnomasiz haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchisi profilaktika inspektori va fuqarolarning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, yuqori tezlikda harakatlangan.

custom img

Bolalar endi Vatanda: Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning farzandlari qaytarildi

Ular bu paytgacha jazoni ijro etish muassasasi qoshidagi bolalar uyida tarbiyalangan.

custom img

Xurmuzda muzokaralar to‘xtab qoldi: neft bozori yana xavotirda

Omon vositachiligida Xurmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv qoldirildi. Bu qaror mintaqadagi keskinlik va jahon energetika bozoridagi xavotirlarni yana kuchaytirdi.

custom img

Aholi murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi: 151 nafar mansabdor ishdan bo‘shatildi

Bandlik, mahalla, MIB, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida murojaatlar bilan ishlashda eng ko‘p kamchilik aniqlangan.

custom img

Seulda O‘zbekiston bayrog‘i porlamoqda: Lotte Tower ikki davlat do‘stligi ramziga aylandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi munosabati bilan shaharning qator nufuzli joylarida mamlakatimiz davlat ramzlari namoyon etilmoqda.

custom img

Sud ishlariga aralashuv: mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"