O'zbekiston

Aholi murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi: 151 nafar mansabdor ishdan bo‘shatildi

Bandlik, mahalla, MIB, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida murojaatlar bilan ishlashda eng ko‘p kamchilik aniqlangan.

Aholi murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi: 151 nafar mansabdor ishdan bo‘shatildi

 

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-avgust oylarida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar davlat xodimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonalari matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Tahlillarga ko‘ra, sakkiz oy davomida murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan davlat tashkilotlariga xodimlarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha 5 486 ta hujjat kiritilgan.

 

Natijada vazifalarini yetarli darajada bajarmagan 151 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan. Yana 833 nafar xodimga hayfsan, 150 nafariga ma’muriy jazo qo‘llangan. Shuningdek, 1 335 nafar xodim rasman ogohlantirilgan, 89 nafari jarimaga tortilgan va 8 nafarining lavozimi pasaytirilgan.

 

Murojaatlar bilan ishlashda eng ko‘p kamchiliklar bandlik, mahalla, Majburiy ijro byurosi, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida aniqlangan.

 

Prezident Xalq qabulxonalari murojaatlar asosida mas’ullarga nisbatan chora ko‘rish bilan birga, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ham ish olib bormoqda.

 

Xususan, murojaatlar eng ko‘p kelib tushayotgan 10 ga yaqin tashkilotda amaliy o‘quv seminarlari tashkil etilgan.

custom img

Xurmuzda muzokaralar to‘xtab qoldi: neft bozori yana xavotirda

Omon vositachiligida Xurmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv qoldirildi. Bu qaror mintaqadagi keskinlik va jahon energetika bozoridagi xavotirlarni yana kuchaytirdi.

custom img

Seulda O‘zbekiston bayrog‘i porlamoqda: Lotte Tower ikki davlat do‘stligi ramziga aylandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi munosabati bilan shaharning qator nufuzli joylarida mamlakatimiz davlat ramzlari namoyon etilmoqda.

custom img

Sud ishlariga aralashuv: mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

custom img

Qamchiq dovonidagi kutilmagan sarguzasht: yo‘lini yo‘qotgan 17 kishiga yordam berildi

Fuqarolar yashash manzillariga sog‘-salomat yetkazilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"