Sport

"Bavariya" chempionlik poygasidan chiqdimi?

Jamoa kecha 10 yil ichida ilk bor o'z uyida "Borussiya"ga yutqazib qo'ydi.

"Bavariya" chempionlik poygasidan chiqdimi?

 

Bundesliganing 27-turidan o'rin olgan asosiy o'yinda har ikki jamoaning asosiy darvozabonlari maydonga tusha olishmadi. “Borussiya” darvozaboni Kobel bir necha haftadan beri jarohatidan forig‘ bo‘layotgan bo‘lsa, “Bavariya” darvozaboni Noyer ham yaqinda Germaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat oldi.

 

An'anaga ko'ra, uchrashuv Keynning ajoyib imkoniyatlari bilan boshlandi. Angliyalik futbolchi birinchi bo‘limda darvoza tomon uch marta zarba berdi, biroq har safar unga omad yetishmadi. Mehmonlar esa o'zlariga berilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishdi. Bir vaqt Myuller raqib maydonida to‘pni yo‘qotib qo‘ydi va bu “Borussiya”ning qarshi hujumi Adeyemining goli bilan yakunlandi. Ulrayx jamoasini qutqarish imkoniyatiga ega edi, biroq uning qo'llari orasidan to'p darvozaga kirib ketdi. "Bavariya" birinchi bo'limda ko'proq imkoniyatlar yaratdi. "Borussiya" tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Xummels bo'ldi, u muntazam ravishda myunxenliklarning hujumini to'xtatib turdi.

 

Ikkinchi bo'limda "Bavariya" maydondagi to'liq ustunlikni o'ziga oldi, ammo Dortmundning kamdan-kam uchraydigan imkoniyatlari yanada xavfliroq ko'rinish oldi. 53-daqiqada Nmecha yetti metrdan gol urishi mumkin edi biroq Ulrayx to'pni chiziq ustidan qaytarib qoldi. "Bavariya"ning o'rinbosarlari orasida Gnabri, Koman, Tel va hatto Choupo-Moting bor imkoniyatlari darajasida harakat qilishdi, ammo gol ura olishmadi. Natijada "Borussiya" bu vaqtda ichida ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo'ldi. Ruerson jarima maydonchasi tashqarisidan uzoq burchakka zarba berdi. Bu yerda darvozabon uchun hech qanday imkoniyat qoldirilmagan edi. Shundan so'ng "Bavariya" muxlislari stadionni tark eta boshlashdi.

 

Aytish mumkinki, "Borussiya"ning g'alabasi chempionlik poygasiga o'z ta'sirini o'tkazdi. Endi yagona savol tug'iladi. "Bayer" o'z tarixidagi ilk chempionlikni qaysi turda qo'lga kiritadi? Qolgan yetti turda leverkuzenliklar faqat uch marta g'alaba qozonishlari kerak. Bu esa jamoaga muddatidan oldin chempionlikni taqdim etadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"Bavariya" chempionlik poygasidan chiqdimi? | Zamon.uz