Gyundogan faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin
U bilan ilk aloqalar o'rnatilgan.

"Fotomac" xabariga ko'ra, "Galatasaroy" 33 yoshli germaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, istanbulliklar futbolchi vakillari bilan aloqalarni o'rnatishgan.
Joriy mavsumda Ilkay Gyundogan "Barselona" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda qatnashdi. Nemis futbolchisi beshta gol va 10 ta golli uzatmani qayd etishga muvaffaq bo'ldi.







