Para dzyudo. Antaliya Gran-Prisida 2 ta oltin medal naqd qilindi
Kecha musobaqaning birinchi kungi bahslari bo'lib o'tdi.

Turkiyaning Antaliya shahrida para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri turniri boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov hamda -73 kg vazn toifasida Uchqun Quronboyev barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bugun Antaliya Gran-Prisining ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.







