Messi tizzasidan olgan jarohatidan tuzaldi
U keyingi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Mayamining “Inter” klubi hujumchisi Lionel Messi tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, 2-aprel kuni Messi Monterreyga qarshi KONKAKAF Chempionlar kubogi chorak final o'yini oldidan jamoaning ertalabki mashg'ulotida ko'rinish bergan. O'yin 4-aprel kuni bo'lib o'tadi.
Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.







