Sport

"Barsa"da ko'rinish bergan "Oskar Klopp"

U Xavining jamoasiga qanday kelib qoldi?

"Barsa"da ko'rinish bergan "Oskar Klopp"

 

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Madridda "Atletiko" bilan uchrashuvdan so'ng kki o'yinga diskvalifikasiya qilindi. U ayni vaqtda jamoasini o'yinlarga boshlab tushgani yo'q, faqat 21-aprel kuni "Real"ga qarshi o'yinda yana o'z vazifasini bajarishi mumkin. Bu orada, bosh murabbiy o'rnini El Klasikogacha ko'pchilikka notanish bo'lgan, uning akasi Oskar Ernandes egallaydi. Quyidagi "Barsa"ning ikkinchi murabbiyi va uning Xavi bilan munosabatlari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

 

Xavi va Oskar sobiq futbolchi va murabbiy Xoakim Ernandesning o'g'illari hisoblanadi. Ikkala o'g'il ham Barselona provinsiyasidagi Terrace shahrida tug'ilgan. Oskar 1976-yil sentabr oyida Xavi esa 1980-yil yanvar oyida tug'ilgan. Xavi futbolchi sifatida otasidan ancha o'zib ketgan bo'lsa, Oskar uning darajasiga ham yetib bormagan. Katta akasi 1995-yilda "Terrace" klubi tarkibida professional tarzda debyut qilgan. Bu vaqtga kelib Xavi o'z shahrini tark etgan va "Barselona" akademiyasida shug'ullanayotgan edi. Bir necha yil o'tgach, Oskar ham "Terrace"ga ko'chib o'tdi va bir mavsumdan so'ng u "Balaguer" futbolchisiga aylandi. Lekin u yerda atigi bir yil o'ynab, 2000-yillarda "Mataro" bilan shartnoma imzoladi.

 

"Mataro"ning Ispaniya chempionatining uchinchi divizionidagi o'yinlarida Oskar faoliyatining cho'qqisiga erishdi. U bu klubda to'rt mavsum qoldi, sardor bo'ldi, yarim himoyachi sifatida 133 o'yin o'tkazdi va sakkizta gol urdi. Xavidan farqli o'laroq, katta akasi hech qanday sovrin yutolmadi. U so'nggi uch mavsumni "Gava" jamoasida o'tkazdi va 30 yoshida jarohatlari sabab futboldan ketishga qaror qildi. 2007-yilning iyulida, Xavi Chempionlar ligasida g'alaba qozonganida, Oskar futboldan ketgandi. 2007-yildan 2015-yilgacha Oskar Ernandes oilaviy ko'chmas mulk biznesi bilan shug'ullangan. Shu bilan birga, u murabbiy bo'lish uchun o'qishni boshlagan. "Terrace" maktabining yosh bolalari bilan ishladi va agar uning yulduz ukasi bo'lmaganida, mahalliy mutaxassis bo'lib qolishi mumkin edi. Xavi Oskarga murabbiylik faoliyatini rivojlantirishga yordam berdi. 2015-yilda Xavi "Barselona"ni tark etib, "Al-Sadd"ga o'tadi va keyingi to'rt yilni Qatarda o'tkazadi. 2019-yilning iyulidan 2021-yilning noyabrigacha yangi bosh murabbiy sifatida ushbu jamoani boshqaradi. Aynan 2015-yilda, Xavidan keyin uning akasi ham Dohaga ko'chib o'tadi. Qatarliklar esa dunyodagi eng katta va boy sport akademiyasini yaratadi. Oskar boshqaruvchi etib tayinlanadi. U yosh futbolchilarga ustozlik qilgan. 2019-yilda Xavi “Al-Sadd”ni qabul qilib olgach, Oskar uning murabbiylar shtabidagi o'ng qo'liga aylanadi. Hamda bu "Barselona"da hozirgacha davom etmoqda.

 

Oskar mashg'ulotlar va ijodiy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Shuningdek, u "Barselona" futbolchilari bilan ko'proq aloqada bo'ladi. Xavi esa biroz masofani saqlaydi. Ta'kidlanishicha, futbolchilar Oskarga ishonishadi. O'tgan yozda Oskar birinchi marta Amerika Qo'shma Shtatlarida "Inter Mayami" bilan o'yinda Xavining o'rniga jamoani maydonga boshlab tushadi. Chunki bosh murabbiy Amerika vizasini ololmay qoladi. O'shanda "Barselona" 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Jamoadagi mazkur muvaffaqiyatdan so'ng Oskar shunday degan edi: "Umid qilamanki, bu mening bosh murabbiy sifatidagi birinchi va oxirgi o'yinim". Ammo bu oxirgisi emasligi ma'lum bo'ldi. "Liverpul" ustozi bilan tashqi ko'rinishi va hissiyotlari o'xshashligi uchun "Oskar Klopp" laqabini olgan Oskar yana Xavining o'rnida ko'rinish berdi. Hozirgacha "Barsa" Oskar bilan birgalikda bir qator o'yinlarda g'alaba qozonishga erishdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.