“Real”ga yulduzlar oqimi davom etadi
Klub yana bir superfutbolchi uchun 100 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

“Real” tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Yozda "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kutilayotgan madridliklar endi Bundesliganing eng zo‘r o‘yinchisi Florian Virs transferi bo‘yicha ish boshladi.
Insayder Antonio Gonsales Galyardoning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” rahbariyati 20 yoshli yarim himoyachi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor.
Madridliklar Virsni 2025-yilning yozida transfer qilmoqchi. Chunki “Bayer”ni chempion qilishga yaqin turgan hujumkor futbolchi kelasi mavsum ham Leverkuzenda qolishini ta’kidladi va o‘ziga bo‘layotgan ko‘p sonli chorlovlarga shu tarzda nuqta qo‘ydi.







