"Tarixda birinchi marta! Jangni 10 round qilaylik"
Hamzat Chimaev UFC prezidentiga yangi taklif bilan chiqdi.

UFC o'rta vazn toifasida ishtirok etayotgan mashhur chechen jangchisi Hamzat Chimaev UFC prezidenti Dana Uaytga o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittaker bilan jangida raundlar sonini ko'paytirishni taklif qildi .
“10 round qilaylik! Tarixda birinchi marta! Keling, buni amalga oshiraylik Dana Uayt”, - deb yozadi Chimaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev hozirga qadar mag‘lubiyatga uchragani yo'q, uning faoliyati 13 ta g‘alabadan iborat. Bundan avval UFC 294 turnirining asosiy jangida Chimaev yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usmonni mag'lub etgandi.







